19 noy 17:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt Frensis Ngannuning unga qo'l ko'targanini esladi
UFC prezidenti Dana Uayt Liganing og'ir vazn toifasidagi sobiq chempioni Frensis Ngannu bilan munosabatlarini esladi.
"Frensis Ngannu — haqiqiy xavfli yigit. Bir safar matbuot anjumanidan keyin u menga yaqinlashib, yoqamdan ushladi va: "Jang tugagach, sen menga Parijga uchadigan shaxsiy samolyot buyurtma qilasan", dedi.
U 50 ming dollarlik bonusni olmagani uchun qattiq jahli chiqqan edi. Suhbat tugadi, men ketayotgan edim, shunda u mening ko'ylagimdan ushlab, meni qaytadan kabinetimga sudradi. SHunda men unga: "Og'ayni, qo'llaringni darhol ol!", dedim", deya vaziyatni esladi Uayt.
Havola :
Manba : fightingnews
Fikrlar