11 iyu 16:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt: "Hatto chaqmoq ham UFC Freedom 250 turnirini to'xtata olmaydi"
UFC rahbari Dana Uayt Oq uyda o'tadigan UFC Freedom 250 turniri har qanday ob-havo sharoitida tashkil etilishini takidladi.
"Bizning ishlab chiqarish bo'yicha rahbarimiz Kreyg Borsari dunyodagi eng sinchkov insonlardan biri. Yakshanbagacha hammasi tayyor bo'ladi.
Internetda o'qisangiz, go'yo butun shou bekor qilinadiganday. Ammo menga farqi yo'q — qor yog'adimi, yomg'ir yog'adimi yoki boshqa narsa bo'ladimi, biz baribir turnirni o'tkazamiz. Hatto chaqmoq bo'lsa ham.
Sport bilan shug'ullangan har kim biladi: momaqaldiroq bo'lsa, kutib turasan, keyin esa o'yinni davom ettirasan. Biz ham xuddi shunday qilamiz", — dedi Uayt.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar