28 okt 15:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt Israel Adesanyaning navbatdagi raqibi haqida gapirdi
UFC rahbari Dana Uayt o'rta vazn chempioni Israel Adesanyaning bo'lajak raqibi haqida fikr bildirdi.
“Menimcha, Israel Adesanya va Robert Uittaker o'rtasidagi revansh haqiqatga yaqin. Biz aynan shu jang ustida ishlaymiz. Israelda ko'plab variantlar bor. U Kannonega qarshi jang qilmoqchi edi, biroq Robert Kannoneni mag'lub etdi va chempionlik kamariga asosiy davogarga aylandi”,-dedi Dana.
Eslatib o'tamiz, Adesanya va Uittaker o'zaro bundan avval ham uchrashgandi. O'shanda Adesanya raqibini mag'lub etib, chempionlik kamariga ega chiqqandi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar