19 iyu 07:40
Yangiliklar
Dana Uayt Jeyk Pol haqida keskin fikr bildirdi
"Jeyk Pol meni qiziqtirmaydi. U qilayotgan ishlarning barchasi "prosmotr" orqali pul topish uchun amalga oshirilyapti.
U kichik Rahmon bilan jang qiladimi? Uni Tommi Morrisonning o'g'li nokautga uchratganini ko'rgandim. U shunchaki nokautga uchragandi. Nima uchun u o'zini mag'lub etgan yigit bilan jang qilmaydi? Bu men shug'ullanadigan biznes emas. Men butunlay boshqa ish bilan mashg'ulman. Men jiddiy janglar ustida ishlayman.
Meni shunday savollar bilan "siylash"ni yoqtirasiz, bilaman, lekin men bunday ishlar bilan shug'ullanmayman. Jeyk Pol bilan bog'liq bu ishlar menga qiziq emas. Buni muhokama qilishning o'zi ahmoqlik, menimcha", - deya Uaytning so'zlarini keltiradi MMA Fighting nashri.
Eslatib o'tamiz, Jeyk Pol so'nggi bor 2021 yil 19 dekabrda Tayron Vudliga qarshi jang qilgan edi.
Avvalroq, Jeykning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum bo'lgani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar