31 dek 10:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt Jon Jonsning mag'lubiyatini olib tashlamoqchi: “Nevada komissiyasi ko'r va ahmoq edi”
UFC bosh direktori Dana Uayt UFC afsonasi Jon Jonsning faoliyatidagi yagona mag'lubiyatini bekor qilinishiga vada berdi.
“Agar siz Jonsning barcha janglarini kuzatgan bo'lsangiz, u hech qachon yutqazmaganiga amin bo'lasiz. O'shanda Nevada komissiyasi o'ta ahmoq va ko'r edi. Biz hech narsa qila olmagandik, lekin men har yili bu narsani to'g'rilashga harakat qilaman. Mening aloqalarim bor va biz Jon Jonsning rekordidan bu lanati xatoni olib tashlash uchun oxirigacha kurashamiz”, - dedi Dana.
Malumot uchun, Jon Jons faoliyatidagi yagona mag'lubiyatini Mett Xemilldan qabul qilib olgan. O'sha jangning birinchi raundida chempion raqibiga taqiqlangan zarba yo'llagani uchun unga texnik mag'lubiyat yozilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar