17 jan 16:51
Yangiliklar
Dana Uayt Joshua - Pol jangi haqida: "Bunga aloqador har bir kishi uyalishi kerak"
Jangdan oldin dunyoning eng kuchli ligasi rahbari Polning mag'lubiyatini bashorat qilgan, shuningdek, ushbu jangni yomon g'oya deb atagan edi.
"Bu jangga umuman yo'l qo'yilganining o'zi aqldan ozishdek gap. Polni qanday kelajak kutayotganini bilmayman, lekin uning janglarini tomosha qilish uchun pul to'lashga tayyor odamlar bor ekan, menimcha, u davom etishi mumkin. SHunchaki bu mening yo'nalishim emas. Menimcha, bu voqeaga aloqador bo'lgan har bir kishi uyalishi kerak. Yana takrorlayman, bu mening ishim emas, mutlaqo", - dedi Uayt Complex’ga bergan intervyusida.
Jang yakuniga ko'ra, Jeyk Pol nafaqat professional ringdagi ilk muddatidan oldin mag'lubiyatga qabul qilib oldi, balki shifoxonada ham davolanib chiqdi. SHunga qaramay, norasmiy malumotlarga ko'ra, bokschilar Netflix platformasidagi jang uchun har biri 50 milliondan 90 million dollargacha daromad olishgan, bu ularning faoliyatidagi eng katta gonorar bo'lgan.

Fikrlar