27 avg 13:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt Kamaru Usmanning mag'lubiyatdan keyingi holati haqida gapirdi
UFC prezidentining so'zlariga ko'ra, Usman Leonga mag'lub bo'lganidan tushkunlikka tushmagan.
"Biz u bilan gaplashdik, Kamaruning kayfiyati zo'r. U revansh jangini xohlayapti. Lekin u menga mag'lubiyatdan so'ng "elkasidan tog' qulagani"ni aytdi. U katta g'alabali seriyasida shunga yarasha bosimga ega edi. Endi esa u Edvards bilan yana jang qilish imkoniyatini intiqlik bilan kutyapti", - deya Uaytning so'zlarini keltiradi MMA Junkie nashri.
Eslatib o'tamiz, Usman - Edvards jangi 21 avgust kuni bo'lib o'tgan edi.
Avvalroq, Dana Uayt ushbu vaznda jang qiluvchi yana bir MMA ustasi Kolbi Kovington haqida fikr bildirgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar