25 jan 16:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt: Konor yozda qaytadi
UFC prezidenti Dana Uayt ikki vazn sobiq chempioni Konor Makgregorning qaytish sanasini elon qildi.
«Menimcha, u yozda qaytib keladi. Hammasi oyog'ining qanday shifo topishiga va yozgacha sodir bo'lishi mumkin bo'lgan millionlab boshqa voqealarga bog'liq bo'ladi.
Bu mavzuda turli taxminlar qilish noto'g'ri, men bunday qilishni to'xtatdim. Qachonki, Konor qo'ng'iroq qilib, mashg'ulotlarni to'liq boshlaganini va qaytishga tayyorligini aytsa, biz uning variantlarini muhokama qilishni boshlaymiz», - dedi Uayt.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar