20 dek 08:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt Kovingtonni tanqid qildi
Dana Uayt UFC 296 turnirida Leon Edvardsga mag'lub bo'lgan Kolbi Kovingtonni tanqid qildi.
"Fikrim: sen 35 yoshga kirib, g'irt bekorchi bo'lsang, bu sen uchun yaxshi g'oya bo'lmaydi. Bu sport hech kimni kutib turmayapti. Edvardsga qarshi jangda u juda sekin ko'rindi va shu sababli mag'lub bo'ldi. Kolbi Leonning tezligiga dosh bera olmadi va tez charchab qoldi. Uni shunchaki yanchib tashlashdi, boshqa hech nima demay qo'ya qolay.
O'sha kuni Kolbining qarib qolganini sizlar ham his qilgan bo'lsangiz kerak. Bu biznesda hech kimga bekorchi bo'lib qolishni tavsiya qilmayman. Bu erdagi faoliyat qisqa bo'ladi. Hech qachon 30 yoshdan keyin avvalgidek bo'la olmaslik mumkin", - dedi Uayt.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar