28 jan 17:49
Yangiliklar

Dana Uayt Mahmud Muradovning iltimosini bajardimi?
Jangdan so'ng Mahmud oktagondan sakrab tushib, UFC prezidenti Dana Uayt bilan kichik suhbat olib borgan edi. Mahmud Murodov o'z intervyusida Dana Uaytdan instagram tarmog'i orqali o'ziga obuna bo'lishini so'raganini, Dana telefonini qo'liga olib bu ishni bajarganini aytgan edi.
Xo'sh? Dana Uayt Mahmudning ushbu iltimosini bajardimi?
Instagram orqali Dana Uaytning sahifasidan u kimlarga obuna bo'lganini ko'ramiz va u erdan Mahmud Murodovni qidiramiz:
Bu erdan Mahmud Murodovning sahifasini topilmadi. Buni tekshirib ko'rish uchun, endi Mahmud Murodovning obunachilari ichidan Dana Uaytning sahifasini qidiramiz:
Ko'rinib turibdiki, Dana Uayt Mahmud Murodovning iltimosini bajarmagan. Aftidan, bu ish Dana Uaytning yodidan ko'tarilgan yoki Mahmud bu uchun yana biroz harakat qilishi kerakdir. Albatta, Mahmud o'zining ajoyib janglari orqali, kelajakda albatta Dana Uaytni bu ishni qilishga majbur qiladi deb ishonamiz.
Fikrlar