10 iyu 16:42
Yangiliklar
Dana Uayt - Makgregorning kelajagi haqida: "Agar yutsa beshta, yutqazsa uchta scenariy bor"
"Agar Konor shanba oqshomida g'alaba qozonsa, hamma narsa bo'lishi mumkin. SHanba kuni kim yutmasin, bu katta g'alaba va faoliyatidagi muhim qadam bo'ladi, ayniqsa hozirgi vaziyatda. Bu ikki jangchi allaqachon sportda hamma narsaga erishgan.
Konor g'alaba qozonsa, xayolimda taxminan beshta scenariy bor. Maks yutsa, unga oid uchta variant mavjud. SHuning uchun bu jang har ikkisi uchun ham juda muhim.
Menga bu sportda yoqadigan jihat — kutilmagan voqealar. Masalan, Oq uyda turnir o'tkazilishini kim kutgandi? Bu sodir bo'lishini kim bilgandi?
Men ham bu jangni kutmaganman. O'tgan yili Konor jang qiladi deb o'ylagandim, ammo u oktagonga chiqmadi. Keyin esa umuman qaytmaydi, deb o'yladim. Bu sportni qiziqarli qiladigan narsa ham shu. Yilning qolgan qismi qanday kechishi haqida tasavvurimiz bor, ammo biz kutmagan voqealar ham ro'y beradi", — dedi Uayt.
Fikrlar