15 sen 09:18
Yangiliklar
Dana Uayt ortiq UFC prezidenti emas!
Bundan besh oy oldin UFC promousheniga egalik qiluvchi Endeavor investicion guruhi WWE restler ligasini ham sotib olgandi. Ushbu ikki birlashgan kompaniya Nyu-York fond birjasida taqdim etildi va o'sha ondan boshlab Dana Uayt endi UFC prezidenti emas. U boshqaruv kengashi tomonidan promoushenning bosh direktori lavozimiga tasdiqlandi.
"Kelajagimizdan hayratdaman. Biz amalga oshirmoqchi bo'lgan ishlardan siz ham hayratga tushasiz. Ikki promoushen birlashganidan so'ng biz yanada katta kuchga ega bo'ldik. Men hamon UFC`dagi jarayonni nazorat qilaman, boshqaraman. Bu borada hech narsa o'zgargani yo'q. UFC yangi bosqichga ko'tariladi.", - dedi Uayt Las-Vegasda o'tgan matbuot anjumanida.
Birlashgan kompaniya 21.4 milliard dollarga baholanyapti. SHundan 12.1 milliardi UFC, qolgan 9.3 milliard dollari WWE ulushiga to'g'ri kelmoqda.
Fikrlar