08 mar 19:51
Yangiliklar
Dana Uayt qaysi holatda Pereyra og'ir vaznda chempionlik jangi o'tkazishi mumkinligini aytdi
Dana braziliyalik aralash yakkakurash ustasining qaysi holatda og'ir vazn toifasida angliyalik Tom Aspinallga qarshi chempionlik jangini o'tkazishi mumkinligini ochiqladi. Pereyra navbatdagi jangini Oq uydagi UFC turnirida franciyalik Siril Gan bilan o'tkazadi. Bu og'ir vazn toifasidagi vaqtinchalik kamar uchun jang bo'ladi.
"Agar Pereyra jangda g'alaba qozonsa, unda Tom Aspinall bilan nima bo'lishini ko'ramiz. Vaziyatga qarab ish tutamiz. Tom qaytmasa, u holda Aleksda imkoniyat paydo bo'ladi", - dedi Uayt Las-Vegasda bo'lib o'tgan UFC 326 turnirida Jo Roganga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Aspinall dekabr oyida UFC 321 oqshomida Siril Gan bilan o'tkazilmagan deya topilgan jangda olgan jarohatidan tiklanmoqda. Avvalroq u Eddi Xirnning Matchroom Boxing agentligi bilan shartnoma imzolagan edi.

Fikrlar