20 iyu 12:23
Yangiliklar
Dana Uayt Sterling - Dillashou jangini tasdiqladi
Avvalroq matbuotda amerikalik Aljemeyn Sterling (21-3) hamda Ti Jey Dillashou (20-4) o'rtasida chempionlik jangi o'tkazilishi haqida xabar paydo bo'lgandi. Jangning sentyabr oyidagi UFC 279 turniri doirasida o'tkazilishi ham aytilgan edi.
"Ha, bu biz o'tkazishni xohlagan jang. O'ylaymanki, bu ahamiyatga molik to'qnashuv. Dillashou sobiq jahon chempioni, dunyodagi kuchli engil vaznli jangchilardan biri", – dedi Uayt UFC on ABC 3 turniridan keyingi matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, Sterling aprel oyida UFC 273 turniri doirasidagi chempionlik jangida rossiyalik Petr Yanni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgandi. Dillashou esa 2021 yilning may oyida UFC on ESPN 27 turnirida vatandoshi Kori Sendxagendan ustun kelgandi.
Fikrlar