12 sen 11:35
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt UFC 279 ishtirokchisining turnirdan so'ng ko'chada qolganini izohladi
Gap Jonni Uoker haqida ketmoqda.
Jonni Uoker UFC 279 turniri doirasida Ion Kucelabaga qarshi jang qilib, g'alaba qozongan edi.
Avvalroq, Uokerning murabbiyi Jon Kavana shogirdiga janglarni kuzatishga ruxsat berilmagani va buning oqibatida jamoa kiyim almashtirishga ham ulgurmay, arenani tark etganini malum qilgan edi.
"O'ylashimcha, bu holat koronavirus davrida boshlangan. O'shanda tashkilotchilar sportchilarni jangdan so'ng darhol tashqariga olib ketar edi. Nega bunday bo'lganini men bilmayman. Biz Jonni Uokerni ko'chada oyoq kiyimsiz qoldirmas edik, bunga ishonchim komil.
Biz uni ko'chaga chiqarib qo'ydikmi? Yo'q, albatta! Bu og'riqli holat. Xatto men ham bu haqida bilmayman", - dedi Uayt matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar