14 sen 10:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt UFC Afrikada turnir o'tkazishini aytdi
UFC prezidenti Dana Uayt tashkilot tez orada Afrikadagi ilk turnirini o'tkazishini aytdi.
Malumot uchun, tashkilotda bir necha afrikalik jangchilar mavjud. Israel Adesanya va Frensis Ngannu shular jumlasidan.
"Ha, kecha biz bu borada uchrashuv o'tkazdik, hozir Afrikada turnir o'tkazish g'oyasini jiddiy muhokama qilyapmiz.
Musobaqani o'tkazish uchun arena va shaharlarni ko'zdan kechirib boshladik. Afrikadagi turnir tez orada tashkillashtiriladi", - deya Uaytning so'zlarini keltiradi Sportskeeda nashri.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar