01 iyu 11:47
Yangiliklar
Dana Uayt UFC jangchilariga: "Ovozingizni o'chiring va jang qiling!"
"Pullik janglar haqidagi gap-so'zlardan charchadim. Menga pullik jang kerak, men shuncha pul uchun jang o'tkazaman... Nima siz Konormisiz yoki u bilan jang qilmoqchimisiz? Yuz foiz ishonchim komil, Makgregor jang qiladigan turnir arenani to'ldiradi, chiptalar qandaydir daqiqalarda sotilib ketadi. Pullik translyaciyalar katta daromad keltiradi. Siz ham shunday qila olasizmi? Konor bo'la olmas ekansiz, ovozingizni o'chiring! Pullik jangchi bo'lsangiz, pulni o'zi sizni quchib yuradi. PPV (pullik translyaciya) yulduzi emasmisiz, demak yana bir bor qaytaraman, ovozingizni o'chiringda, jang qilishda davom eting!", - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, 33 yoshli Konor Makgregor UFC promousheni tarixidagi eng daromadli 10 ta jangdan 8 tasida oktagonga ko'tarilgan. Uning ishtirokidagi 6 ta jang moliyaviy reytingda birinchi oltinchigacha bo'lgan barcha o'rinlarni band etgan.
Fikrlar