13 avg 09:11
Yangiliklar

Dana Uayt UFC tarixidagi eng yaxshi besh nafar jangchi nomini aytdi. Xabib uning ro'yxatida yo'q!
Etiborlisi, Uayt bu ro'yxatga engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedovni kiritmagan.
"Xabib eng zo'ri deb aytish qiyin. Kim biladi, hozir u nimalarga erishgan bo'lardi. U juda erta faoliyatini yakunladi. Jon Jons esa bu yil og'ir vaznda jang qilishi mumkin. Jonsni barcha davrlarning eng buyuk jangchisi deb atagan bo'lardim. Ishoning, Xabibni bir necha marta qaytarishga harakat qildim. Ammo, buning imkoni bo'lmadi.
Men uchun eng yaxshi Top-5 jangchi: Jon Jons, Anderson Silva, Ronda Rouzi, Konor Makgregor, Jorj Sent-Per. Ammo, men bu ro'yxatga yana ko'plab yigitlarni qo'shmoqchiman. Masalan, Usmanni!", - dedi Uayt GQ Sportʼga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov 2020 yil oktyabr oyida professional faoliyatini yakunlagan edi.
Fikrlar