17 jan 01:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt Xabib bilan bo'lgan uchrashuv tafsilotini malum qildi
Ayni daqiqalarda, Abu-Dabi shahrida 2021 yildagi ilk UFC kechasi bo'lib o'tmoqda.
Tanaffus vaqtida Dana Uayt Xabib Nurmagomedov bilan bo'lgan uchrashuv tafsilotlarini malum qildi.
"Xabib UFC'da nimaga erishishi kerak bo'lgan bo'lsa, barchasiga erishib bo'ldi. Biroq Xabib kelasi hafta UFC 257 da oktagonga ko'tariladigan Konor - Pore va CHendler - Xuker jangini tomosha qilishini, agar ular Xabibni nima bilandir hayron qoldira olishsa, unda qaytishini malum qildi.
Aynan ular Xabibni oktagonga qaytishga majbur qiladigan jangni tashkil etishlari lozim. O'shanda Xabib 30-jangini o'tkazadi. SHuningdek, unga Oliveraning harakatlari maqul kelayotganini malum qildi",-dedi Dana.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar