01 sen 09:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt Xabib faoliyatini tiklashi haqidagi savolga javob berdi
UFC prezidenti Dana Uayt engil vazn toifasida sobiq chempion Xabib Nurmagomedovning faoliyatini qayta tiklashi haqida gapirdi.
"Yaqinda Xabibni nimanidir qiziqtiradimi yoki yo'qmi, bilish uchun u bilan bog'landim. U menga: "Men faoliyatimni yakunlaganman" dedi.
Xabib qaytib keladi deb o'ylayman. Men unga boshqa narsani taklif qilgan edim. Xabibga greppling qoidalariga ko'ra jang o'tkazish taklifini berdim. Lekin, u bunga qiziqmasligini aytdi.
Menimcha, otasining o'limidan so'ng uning rostdan ham karerasi ham tugatgan. Xabib faqat boshqa yigitlarga mashg'ulot o'tish va ularning chempion bo'lishlariga yordam berishga etibor qaratgan", — dedi Uayt.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar