24 avg 13:42
Yangiliklar
Dana Uayt: "Yen Gerrida Maxachev bilan jang qilish imkoniyati boshqa hech qachon bo'lmaydi"
UFC rahbarining so'zlariga ko'ra, u raqibiga haddan tashqari hurmat bilan munosabatda bo'lgan.
"Sen butun umring davomida harakat qilgan imkoniyatingni qo'lga kiritasan, keyin besh raundlik jangga chiqib, raqibing bilan quchoqlashasan, qo'l berib ko'rishasan. SHunchaki u boshqa hech qachon bunday imkoniyatga ega bo'lmasligi mumkin. Va, ehtimol, u boshqa hech qachon Islam bilan jang qilish imkoniyatiga ega bo'lmaydi, Maxachev faoliyatining oxirida barcha davrlarning eng buyuk jangchilari qatoriga kiradi, agar umuman eng buyuk jangchi bo'lmasa.
Har bir soniyasi muhim bo'lgan raundda besh daqiqa vaqting bor. Bu yigitga uni yaxshi ko'rishingni aytish uchun o'n soniya vaqtingni sarflama", - dedi dunyoning eng kuchli ligasi rahbari Sakramentodagi matbuot anjumanida.
Bir hafta avval Islam Maxachev yarim o'rta vazn toifasidagi UFC chempionlik kamarining ilk himoyasini o'tkazgan va davogar Yen Gerrini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratgan edi.

Fikrlar