22 sen 09:31
Yangiliklar
Boks/MMA
Daniel Dyubua: "Men gladiatorman!"
Londondagi muhtasham "Uembli" stadionida 96 000 tomoshabin ko'z o'ngida o'zi uchun tarixiy natija qayd etgan Daniel Dyubua jangdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Usikdan vakant qolgan IBF chempionlik kamarini qo'lga kiritgan britaniyalik bokschi beshinchi raundda vatandoshi Entoni Joshuani nokautga uchratgandi.
"Sizga yoqmadimi? Ey Jey meni muvozanatdan chiqara oldimi? Yo'q! Men gladiatorman, men jangchiman, men oxirigacha kurashishga, jang qilishga tayyorman. Eng baland cho'qqigacha chiqib, o'z imkoniyatlarimni ko'rsatmoqchiman", — dedi Dyubua.
Takidlash joiz, Entoni beshinchi raundning boshida o'ng kross zarba bilan Dyubuani muvozanatdan chiqarishga urinib ko'rdi. Lekin Daniel ketma-ket berilgan kuchli zarbalarni ko'tara oldi va bunga javoban shu raundning o'zida nokautli xuk bilan javob qaytardi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar