18 jan 14:42
Yangiliklar
Daniel Dyubua osiyolik bokschi bilan jang qilmoqchi, raqib ham rozi!
Britaniyalik bokschi xitoylik CHjan CHjileyga qarshi ringga chiqishi mumkin. Sky Sports xabariga ko'ra, tegishli tashabbus CHjan vakillari tomonidan ilgari surilgan va Dyubua bilan ishlaydigan promouter Frenk Uorren tomonidan maqullangan.
"CHjan aniq Dyubua bilan jang qilishni xohlaydi, - deya tasdiqladi xitoylik bokschining menejeri Terri Leyn. — Biz bu haqda Frenk Uorrenga malum qildik va umid qilamizki, jang tashkillashtiriladi. CHjan Dyubuaga qarshi - bu bomba bo'ladi. Ikkalasi ham mag'lubiyatdan keyin qaytishadi. Lekin shunga qaramay, ular hamon divizion elitasida turishibdi. SHuning uchun ham bu jang sport manosiga ega".
Frenk Uorren o'z navbatida ehtimoliy jangga quyidagicha izoh berdi: "Dyubuaning CHjan bilan jangini ko'rishni istardim. Menimcha, bu ajoyib jang, menga har tomonlama yoqadi. Men chindam ham bu to'qnashuvni ko'rishni xohlardim".
Eslatib o'tamiz, Daniel Dyubua so'nggi bor 2025 yilning iyulida ringga ko'tarilgan va o'shanda beshinchi raundda Aleksandr Usikka nokaut bilan yutqazgandi. CHjan CHjiley 2025 yilning fevralida Agit Kabayelga nokaut evaziga mag'lub bo'lgan edi.

Fikrlar