30 apr 08:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Daniel Dyubua: "Usikni uxlatishni intiqsizlik bilan kutyapman"
Professional boksning superog'ir vazn toifasida IBF yo'nalishi chempioni Daniel Dyubua (22-2, 21 KO) WBC, WBO, WBA va IBO yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usik (23-0, 14 KO)ka qarshi jang haqida gapirdi.
— O'shanda Polshada g'alabani sizdan o'g'irlashganini aytgandingiz. Hali ham shu fikrdamisiz?
"Ha, lekin bu endi o'tmish. Menda buni to'g'rilash va bahsni bartaraf etish imkoniyati bor. Hozir juda ko'p bemani gaplar aytilmoqda, lekin men uni uxlatishni intiqsizlik bilan kutyapman", dedi Dyubua.
Malumot uchun, bokschilar o'rtasidagi revansh jangi 19 iyul kuni Londonda o'tkaziladi. Usik va Dyubuaning birinchi jangi 2023 yil 26 avgust kuni Polshaning Vroclav shahrida bo'lib o'tgan va unda ukrainalik bokschi 9-raundda texnik nokaut evaziga zafar quchgandi.
Havola :
Fikrlar