22 iyu 10:51
Yangiliklar
Daniel Korme Islam Maxachevning eng zaif jihatini aytdi
Xabaringiz bor, bu ikki jangchi 22 oktyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o'tkaziladigan UFC 280 turnirida engil vaznda vakant qolgan kamar uchun oktagonga ko'tariladi.
"O'ylashimcha, bo'lajak jangda biz ko'proq kurash va grepplingga guvoh bo'lamiz. Aksincha, Islamning CHarlzning yo'rig'iga tushib, u bilan "stoyka"da jang o'tkazishiga ishonmayman. Agar Islam shu yo'lni tanlasa, u "uxlatib" qo'yiladi. CHunki, Islam zarba bo'yicha CHarlzga sezilarli darajada yutqazadi. Maxachev jangni tik turgan holda o'tkazsa, Oliveyra uni qarshi hujumda ushlab oladi va nokautga uchratadi. Islam jangda masofani qisqartirishi, teykdaunlarni amalga oshirishi kerak. SHuningdek, CHarlz bilan uning sevimli uslubi jiu-jitsuda raqobatlashishiga to'g'ri keladi", - dedi Korme.
Fikrlar