25 may 18:59
Yangiliklar
Daniel Korme Jon Jonsning jangi kechiktirilishini tasdiqladi
SHu yilning noyabr oyiga rejalashtirilayotgan jang belgilangan muddatda o'tkazilmasligi mumkin. Bu haqda ikki vaznda sobiq UFC chempioni Daniel Korme ham tasdiqladi. UFC sharhlovchisi va tahlilchisi sifatida faoliyatini davom ettirayotgan Kormening so'zlariga qaraganda, Nyu-Yorkdagi raqamlangan turnirning markaziy jangida Konor Makgregor va Maykl CHendler o'zaro to'qnash kelishlari mumkin.
"Men Konor Makgregor va Maykl CHendlerning Nyu-Yorkda jang qilishini eshitdim. Agar bu amalga oshsa, Jons - Miochich jangi noyabrda emas, kelasi yilning boshida o'tkazilishi mumkin. Lekin Konor olti oy ichida doping tekshiriuvlaridan o'tishga ulgurishi lozim. UFC bosslari pul keltiradigan ikkita katta jangni bir oqshomda o'tkazmasalar kerak", - dedi Korme.
Fikrlar