18 fev 09:38
Yangiliklar
Daniil Eybog: "Bundan ham og'irrog'i faqat oyog'imning sinishi edi"
Sportchimiz 16 fevral kuni 500 m masofaga kechgan poyga saralashida qatnashib, yiqilganiga qaramay, tashkilotchilar tomonidan keyingi bosqichga yo'llanma ajratilgandi.
"Faoliyatimdagi eng dahshatli yiqilishlardan birini boshdan kechirdim, desam mubolag'a bo'lmaydi (bundan ham og'iri faqat musobaqada oyog'im singani edi). Konki pichog'i yuzimdan sanoqli santimetrlar masofada o'tib ketdi. Ammo eng qo'rqinchlisi bu ham emas, balki o'sha soniyada o'z ojizligingni anglash edi — senga tomon to'liq tezlikda ikki sportchi konkilari oldinga qaragan holda uchib kelayotgan payt.
Bu Olimpiya o'yinlari ekanini unutmaslik kerak. Bu erda maqsadlar juda yuqori, xatar esa maksimal darajada, chunki Olimpiya medali shunga arziydi. SHort-trekning butun mohiyati va tomoshabopligi ham shunda — uni aynan shuning uchun yaxshi ko'rishadi.
Menga qisman omad kulib boqdi: nisbatan engil jarohatlar bilan qutuldim. Demak, nima bo'lishidan qatiy nazar, 18 fevral kuni medallar uchun kurashni davom ettiraman", deydi Eybog.
U bugun mazkur dasturdagi ishtirokini davom ettiradi.

Fikrlar