10 iyu 19:10
Yangiliklar
Tennis
Daniil Medvedev ikki setlik o'yin o'tkazib, "Uimbldon" chorak finaliga chiqdi
Rossiyalik tennischi, jahonning uchinchi raketkasi Daniil Medvedev "Uimbldon"ning 1/8 finalida chexiyalik Irji Lexechkiga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 20 daqiqadan so'ng chexiyalik tennischi o'yinni davom ettira olmasligini malum qildi. Bu vaqtga kelib Medvedev 6:4, 6:2 hisoblarida g'alaba qozonayotgandi.
Endi Medvedev musobaqa chorak finalida greciyalik Stefanos Cicipas yoki amerikalik Kristofer Yubenksga qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar