04 mar 14:40
Yangiliklar
Tennis
Daniil Medvedev Jokovichni 5 martadan ko'p mag'lub etgan to'qqizinchi tennischiga aylandi
Rossiyalik tennischi Daniil Medvedev Dubaydagi turnir yarim finalida Novak Jokovichni 6:4, 6:4 hisoblarida mag'lub etdi.
Bu Medvedev uchun Jokovich ustidan qozonilgan beshinchi g'alaba bo'ldi. To'qqizta o'yinda esa Novakning qo'li baland kelgan.
Rossiyalik tennischi Jokovichni besh va undan ko'p marotaba mag'lub etgan to'qqizinchi tennischi bo'ldi.
Novakni 5 marta va undan ko'p mag'lub etgan tennischilar:
• Rafael Nadal - 29 marotaba;
• Rojer Federer - 23;
• Endi Marrey - 11;
• Sten Vavrinka - 6;
• Jo-Vilfrid Conga - 6;
• Endi Roddik - 5;
• David Ferrer - 5;
• Dominik Tim - 5.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar