05 mar 14:03
Yangiliklar
Tennis
Daniil Medvedev ketma-ket uchinchi, faoliyatidagi 18-sovrinini qo'lga kiritdi
Rossiyalik Daniil Medvedev Dubay turniri g'olibiga aylandi.
Finalda u hamyurti Andrey Rublyovni 6/2, 6/2 hisobida mag'lub etdi.
Etiborlisi, ushbu sovrin Daniil uchun ketma-ket uchinchisi bo'ldi. Rossiyalik tennischi o'tgan hafta Dohada bo'lib o'tgan ATR-250 seriyasiga kiruvchi turnirda zafar quchgan bo'lsa, undan avval Rotterdamdagi ATR-500 seriyasidagi musobaqada ham bosh sovrin egasiga aylangandi.
Dubaydagi unvon Medvedev uchun faoliyatidagi 18-sovringa aylandi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar