23 may 10:10
Yangiliklar
Tennis
Daniil Medvedev Novak Jokovich va Andre Agassining natijasini takrorladi
Rim "Masters"ida zafar quchgan rossiyalik Daniil Medvedev Novak Jokovich va Andre Agassining natijasini takrorladi.
Rossiyalik tennischi XXI asrda bir mavsumning o'zida Mayami "Masters"i (xard kort) va Italiyada (grunt kort) xuddi shu toifadagi turnirda sovrin yutgan uchinchi tennischiga aylandi. Novak Jokovich 2011, 2014-15 yillarda, Andre Agassi esa 2002 yilda ushbu natijani qayd etgan.
Bundan tashqari, Medvedev 20 ta ATR turniri chempioni bo'lgan tarixdagi uchinchi rossiyalik tennischidir. Nikolay Davidenko (21) va Evgeniy Kafelnikov undan oldinda.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar