04 mar 08:39
Yangiliklar
Daniil Medvedev Novak Jokovichni mag'lub etib, Dubay turniri finaliga chiqdi
Tunirining yarim finalida sayyoramizning birinchi raketkasi serbiyalik Novak Jokovich va ATR reytingida 7-o'rinni egallab turgan rossiyalik Daniil Medvedev to'qnash keldi.
Bir soatu 36 daqiqa davom etgan uchrashuvda Medvedev Jokovichni 6/4, 6/4 hisobida mag'lub etib, finalga yo'l oldi. O'yin davomida Medvedev 8ta eys zarbasini amalga oshirib, bir marta qo'shxatoga yo'l qo'ydi va 4 breyk-poyntning 3tasidan unumli foydalandi. Jokovich esa 5ta eys, 1 tadan qo'shxato va breyk qayd etdi. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlarida Daniil hisobni qisqartirdi, 5-9 (Jokovich foydasiga).
Endi Dubaydagi turnirning bosh sovrini uchun ikki rossiyalik tennischi kurash olib boradi. Finalda Daniil Medvedev hamyurti Andrey Rublyovga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar