02 fev 11:41
Yangiliklar
Daniyalik siyosatchi Xamzat CHimaev va Ramzan Qodirovga javob qaytardi
"Quron jangchi Xamzat CHimaev va CHecheniston rahbarining aybi bilan yonmoqda. Agar ular o'zlarini yaxshi tutishsa, Rossiya elchixonasida Quronni yoqishning hojati bo'lmas edi", - dedi Paludan boshqa bir Quron kitobini yo'q qilganidan keyin.
Avvalroq, Paludan Turkiya SHveciyaning NATOga kirishini maqullamaguncha haftada bittadan Quron yoqishga vada bergan edi.
Ramzan Qodirov evropalik siyosatchining navbatdagi ishlariga munosabat bildirdi.
"Menga bo'lgan nohaqliklarni kechirgan bo'lardim, lekin dunyoning bir yarim milliard musulmoni singari diniy terrorchining bu harakatini kechirmayman. Ha, u diniy terrorchi. Men uchun bunday provokatorlar haqiqiy terrorchi, ulardan jamiyat qutilishi kerak. Alloh jazoda qattiqdir, daniyalik qo'rqoq jazosini albatta oladi" - dedi Ramzan Qodirov.
Fikrlar