13 may 09:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Dariush Fergyusonga qarshi jang haqida: "Uni nokaut qilish haqida o'ylayapman"
Engil vazn toifasida UFC jangchisi Beneil Dariush o'zining UFC 262'dagi Fergyusonga qarshi bo'lajak jangi haqida gapirdi.
"Jangdagi rejalarim haqida gapirish to'g'ri bo'lmaydi. Ammo, bir narsani ayta olaman - jangning boshidan oxirigacha, men uni nokautga uchratishga harakat qilaman.
Bu jang yoki 15 daqiqalik ajoyib jang yoki muddatidan avval yakunlanadigan to'qnashuv bo'ladi.
G'alabamdan keyin nima bo'ladi? Konor, Pore, Getji. Bu aql bovar qilmas divizion. Men Xolluey chempionlikka erishishi uchun 10 ta jangda g'alaba qozonganini yaxshi bilaman. SHu sabab ham, nolimasdan o'z ustimda ishlashda davom etaman", - dedi Beneil Dariush.
Eslatib o'tamiz, Toni Fergyuson va Beneil Dariush o'rtasidagi jang 16 may kuni o'tkaziladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar