13 dek 19:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Dastin Pore: "Birinchi raunddan so'ng chempion bo'laman deb o'yladim"
UFC jangchisi Dastin Pore CHarlz Oliveyradan uchralgan mag'lubiyatiga izoh berdi.
"Uzoq vaqt ishladim va yana chempionlikka qadar etib kelgandim. Biroq bu safar ham bog'ish usuli bilan mag'lub bo'ldim. Uning jiu-jutsusi yaxshi ekanligini yaxshi bilardim. Unga qarshilik qilganimga qaramasdan, u baribir orqamni ushlab oldi va mag'lub etdi. U yaxshi jangchi. U chempion. O'zimni ancha yaxshi his qildim. Birinchi raunddan so'ng chempion bo'laman deb o'yladim.
Men istagan narsamni qilishim mumkin, balki yana bir bor chempionlik kamariga harakat qilarman, balki engil vaznda yoki yarimo'rta vaznda jang qilaman. Hech kim mag'lubiyatni qabul qilishni istamaydi, men esa mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqaraman",-dedi Dastin Pore.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar