23 iyu 14:35
Yangiliklar
Boks/MMA
Dastin Pore hibsga olinishi haqidagi xabarga izoh berdi
Engil vazn toifasida UFC vaqtinchalik chempionlik kamarining sobiq sohibi, 37 yoshli amerikalik Dastin Pore jamoat joyida mast holda yurgani uchun hibsga olingandi.
"Hammangizni yaxshi ko'raman. Men o'z ustimda ishlayapman", - deb qisqacha izoh yozdi Pore ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Dastin hozir ozodlikda. U Jorjiya shtati jamoat joyida mast holda yurganiga iqror bo'lgan taqdirda bir yilgacha qamoq jazosi va yoki jarimaga tortilishi mumkin.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar