14 iyu 13:22
Yangiliklar
Boks/MMA
Dastin Pore Makgregorga: "Seni yana kaltaklashga tayyorman"
UFC`ning engil vazn toifasidagi sobiq vaqtinchalik chempioni Dastin Pore irlandiyalik Konor Makgregorga to'rtinchi jangni o'tkazish taklifi bilan murojaat qildi.
"Makgregor tuzalgach, men bilan bog'lansin. Konor, men oktagonga qaytib, seni yana kaltaklashga tayyorman, lekin endi yarim o'rta vazn toifasida", - deya Porening so'zlarini X ijtimoiy tarmog'idagi Championship Rounds akkaunti keltirmoqda.
Eslatib o'tamiz, 12 iyul kuni Las-Vegas (AQSH) shahrida bo'lib o'tgan UFC 329 turnirida Konor amerikalik Maks Xolloueyga qarshi kechgan revansh jangida birinchi raunddayoq jarohat sabab texnik mag'lubiyatni qabul qilib olgan edi.

Havola :
Manba : Championship Rounds
Fikrlar