29 avg 09:49
Yangiliklar
Dastin Pore tez orada oktagonga qaytishini aytdi
Amerikalik aralash yakkakurash ustasi bir oy oldin davogarlar jangida hamyurti Jastin Getjiga muddatidan avval imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
"Yil oxirigacha oktagonga qaytaman", - dedi "Brilliant" o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Dastin 29 iyul kuni Solt-Leyk-Siti shahrida o'tgan UFC 291 turnirining markaziy jangida Jastin Getjiga qarshi oktagonga ko'tarilgandi. Jangning ikkinchi raundida Jastin oyoqda aniq va kuchli zarba yo'llab, raqibini nokautga uchratgan edi. BMF kamarini qo'lga kiritgan Getji avvalgi mag'lubiyati uchun ham munosib revansh olishga muvaffaq bo'lgandi. Ayni paytda unda Islam Maxachev va CHarlz Oliveyra o'rtasidagi chempionlik jangi g'olibiga qarshi oktagonga chiqish huquqi bor.
O'sha jangdan keyin Pore keyingi jangini yarimo'rta vazn toifasida o'tkazish istagida ekanini malum qilgan edi. Hozirda Dastin UFC engil vaznlilar reytingida uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar