So’nggi yangiliklar

13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0

23 dek 15:39
Yangiliklar

Dzyudo

Davlat Bobonov: "Eng katta yutug'imiz - avlodlar almashinuvi"

Olamsport.com sayti muhbiri Diyor Mavlonov dzyudo bo'yicha O'zbekiston birinchiligi davomida Tokio olimpiadasida bronza medalini qo'lga kiritgan dzyudochi Davlat Bobonov bilan flesh intervyu tashkil etdi.

Dzyudochimiz qisqa intervyusi davomida avlodlar almashinuvi, O'rozboevning dopingi va Parij Olimpiadasiga tayyorgarlik haqida gapirib o'tdi.


- Hozirgi o'zbek dzyudosidagi eng katta yutuq deb aynan qaysi jihatni ko'rsata olasiz?

- 2021 yildagi eng katta yutug'imiz menimcha, bu terma jamoada avlodlar almashinuvi bo'lganidir. CHunki Rishod Sobirov, Abdulla Tangrievlar avlodidan so'ng bunday tarkib hozirgacha chiqmagan edi.


- Diyorbek O'rozboevda aniqlangan doping, o'zi umuman sportchilarda aniqlanyotgan doping yoki boshqacha qilib aytganda, sportda dopingga qanday munosabat bildirasiz?

- Menimcha, doping bu sportchi o'zini ko'rsatishi uchun to'sqinlik. Qolaversa, sportchi xalq mehrini qozonishi uchun ham asosiy to'sqinlik qiluvchi vosita hisoblanadi.


- Bilamizki, deyarli har bir Olimpiadada dzyudo sport turidan kamida bitta medal qo'lga kiritamiz. Parij olimpiadasida ham muxlislar sizlardan yuqori natijalar kutishi tabiiy. Navbatdagi Olimpiada uchun tayyorgarliklar qay darajada, Parij 2024 uchun tayyorgarlik boshlandimi?

- Parijda bo'lishi kutilayotgan Olimpiada uchun tayyorgarlik avjida, qaysidir manoda o'yinlar uchun tayyorgarlik  hozirdan boshlangan desak ham bo'ladi. Yozdagi Olimpiadadan so'ng jahon chempionatida ham muvaffaqiyatli ishtirok etdik. Yanvarda ham bir qator musobaqalar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan, bunda ham nasib qilsa muvaffaqiyatli qatnashamiz. Bundan tashqari, yaqinda besh-olti jamoa ichidan PSJni tanlagan holda ushbu klub safiga o'tdim.


- Davlat Bobonov dzyudodagi faoliyatini yakunlaganidan so'ng sir bo'lmasa, aynan qaysi sohada faoliyat yuritishi mumkin? Aytmoqchimanki, Rishod Sobirov o'z faoliyatini yakunlaganidan keyin ham dzyudodan uzoqlashgani yo'q. Sizda bu borada rejalar qanday?

- To'g'risini aytsam, bu haqida hali o'ylab ko'rmabman (kuladi).


- Davlat aka kelgusi musobaqalarda, ishlarda omad, javoblaringiz uchun rahmat.

- Sizga ham rahmat, faoliyatingizda omad.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing