27 apr 15:24
Yangiliklar
Davlat Bobonov jahon chempionatiga bora olmaydi
Bir necha kun avval O'zbekiston terma jamoasining Dohaga yo'l oladigan tarkibi elon qilingan edi. Afsuski, terma jamoamiz etakchilaridan biri, Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori, jahon chempioni Davlat Bobonovning Qatarga bormasligi rasman oydinlashdi.
Bunga dzyudochimizning jarohati sabab bo'lmoqda. Jarohatlar sportning ajralmas bo'lagi. Hech kim undan kafolatlanmagan. Bobonov kuni kecha Moskvada malakali shifokorlar ko'rigida bo'lib qaytdi. Tashxis - umurtqa churrasi (grija).
SHifokorlar tavsiyasiga ko'ra dzyudochimiz jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi. U Toshkentda shifokor nazoratida muolajalarni davom ettiradi. Davlat Bobonovga tezroq tuzalib, safga yanada kuchli bo'lib qaytishini tilaymiz.
Fikrlar