13 sen 14:06
Yangiliklar
Dzyudo
Davlat Bobonov Samarqand OZKda bo'ldi
Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining bronza medali sovrindori Samarqand olimpiya zaxiralari kollejida yosh dzyudochilar bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog'ida O'zbekistonning 2020 yildagi eng yaxshi sportchisiga uning murabbiyi, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi Nurali Qobilov hamrohlik qildi. Bobonov yoshlarni o'zlari ustida ko'proq ishlashga, hech qachon taslim bo'lmaslikka chaqirdi. Ko'zlangan maqsadga faqat tinimsiz va mashaqqatli mehnat orqali erishish mumkinligini urg'uladi.
O'z o'rnida kollej tarbiyalanuvchilari ham o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Uchrashuv so'nggida esdalik uchun suratga tushildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar