15 avg 11:44
Yangiliklar

Davron Fayziev Drikyus Dyu Plessi - Xamzat CHimaev jangiga taxmin bildirdi
"Bu men eng ko'p kutayotgan janglardan biri. Xamzat CHimaev uchun jiddiy test. Albatta, bundan oldin ham u sobiq chempion bilan, aniqrog'i, Robert Uittaker jang qilgandi. Lekin tan olish kerak, o'sha paytda Uittaker praym variantida emasdi. CHimaev Dyu Plessining praym varianti bilan jang qiladi. Xamzat kamarni qo'lga kiritgan taqdirda faoliyatini yakunlashi haqida gap-so'zlar yuribdi.
SHunday ekan, u bu jangga borini tikadi. Drikyus ham zo'r jangchi, ayniqsa, tik turgan holda. Taxminimcha, Xamzat uni ilk soniyalardanoq parterga tortadi, lekin tavakkal qilmaydi. Biroq tavakkal qilib, tik turgan holda jang qilsa, ajoyib tayyorlangan bo'ladi.
Menimcha, Drikyus kardiosi yaxshi ekanligi uchun ham to'liq jang o'tkazishga harakat qiladi. Xamzat esa A rejasini ishga solib, parter orqali jangni ertaroq yakunlashga harakat qiladi", dedi Fayziev Olamsport.com muxbiri Sarvinoz Rahmonqulova bilan suhbatda.
Fikrlar