17 sen 07:44
Yangiliklar

Davron Fayziev: "Golovkinning g'alabasi trilogiyani mantiqiy yakunlagan bo'lardi"
Taniqli sport sharhlovchisi Davron Fayziev bizning vaqt bilan yakshanba tongida bo'lib o'tadigan Saul Alvares va Gennadiy Golovkin o'rtasidagi yakuniy bahs haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu vazn uchun Golovkinning yoshi ancha katta. Favorit Kanelo deb o'ylayman. Muxlislik qilish masalasiga kelsak, har ikki bokschiga ham bir xil qiziqish bor. Lekin birinchi va ikkinchi jangni yaxshilab taxlil qiladigan bo'lsak, kamida bittasida Golovkinning g'alaba qozonish imkoniyati bor edi.
Qaysidir manoda trilogiyada Golovkinning qo'li baland kelsa, bu qarama-qarshilik mantiqiy yakunlangan bo'lardi. Bitta g'alaba Alvaresda, bitta g'alaba Gennadiyda va bitta jang durang. Bu trilogiyada biri ikkinchisidan ustun bo'lib tugamasdi. Ikki o'z davrning zo'r bokschilari teng kuchga ega bo'lgan deb eslab yurardik", - dedi Fayziev saytimizga bergan intervyusida.
Fikrlar