28 okt 17:56
Yangiliklar
Davron Fayziev: Hasanboy Do'smatov bu jangda hamma jihatdan ustun keldiyu, hakamlar undan g'alabani tortib oldi, deyish ham noto'g'ri
«Boksda subektiv baholanadi, hamma har xil ko'radi. Zarbaning kuchi, raqibga qay darajada talofat etkazganini ham hamma turlicha ko'radi. Mutaxassis ko'zi boshqa, muxlis ko'zi boshqa. Hattoki, uch nafar mutaxassis bo'lsa, uch xil ko'rishi mumkin. Buning yagona bir hisoblash tizimi ishlab chiqilmagan. SHuning uchun hamisha bahs bo'ladi. Masalan, meni ko'zimga Hasanboy birinchi raundda yaxshiroq jang qilgandek ko'ringan bo'lishi mumkin, boshqa mutaxassis boshqacha fikr bildirishi mumkin. Hasanboyda ham yaxshi epizodlar bo'ldi. Lekin 100 % Do'smatov bu jangda hamma jihatdan ustun keldiyu, hakamlar uning g'alabasini tortib oldi, deyish ham noto'g'ri.
Bibosinov ham qarshi hujumda acha-muncha aniq zarbalar bergandi. Buni tan olishimiz kerak. Menga hamyurtimizning faol harakatlanishi ko'proq yoqdi. Agar menga qo'yib berishganida, minimal farq bilan Hasanboy g'alaba qozondi, degan bo'lar edim. Ammo, aytganimdek, juda bahsli holat. Foizlarda hisoblasak, muxlis bo'lganim uchun ham 51:49 hisobida shu Hasanboyga g'alabani bergan bo'lardim», - dedi Fayziev muxbirimiz bilan suhbatda.
Fikrlar