18 may 15:41
Yangiliklar

De Bryuyne faoliyatini APLning boshqa klubida davom ettirishini istisno qilmadi
Aprel oyi boshida 33 yoshli belgiyalik futbolchi mavsum yakunida "Manchester Siti"ni tark etishini elon qilgandi. U 2015 yildan beri "shaharliklar" safida o'ynamoqda.
"Ha, kelajagim haqida klublar bilan muzokaralar olib boryapman. Qanday qaror qabul qilinishidan qati nazar, yaxshi futbol o'ynashni xohlayman. Angliyada qolish? Kim taklif qilishiga bog'liq. Mening oilam va bolalarim bor, shuning uchun hammani qoniqtiradigan murakkab qaror qabul qilishim kerak", - dedi de Bryuyne.
De Bryuyne joriy mavsum barcha turnirlar doirasida 38 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U "shaharliklar" safida jami 420 ta o'yinda 108 ta gol va 177 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar