04 jan 11:28
Yangiliklar
Boks/MMA

De la Xoyya Golovkinning raqibini tasdiqladi
Golden Boy promouterlik kompaniyasi rahbari Oskar de la Xoyya o'rta vaznda IBF va IBO yo'nalishlari chempioni Gennadiy Golovkinning navbatdagi raqibi kim bo'lishini tasdiqladi.
Unga ko'ra, qozog'istonlik chempion birinchi o'rta vaznda sobiq jahon chempioni, mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Xayme Munguyyaga qarshi ringga ko'tariladi.
"Men Golovkinning jamoasi bilan bu haqida gaplashdim. Gennadiy ham, Xayme ham bu jangga rozi. Demak, jang o'tkaziladi", — deya o'zining Tvitter sahifasida xabar qoldirgan de la Xoyya.
Eslatib o'tamiz, Gennadiy Golovkin o'tgan oyda polshalik Kamil SHeremetani mag'lubiyatga uchratgan edi. Munguyya esa o'tgan yilning oktyabr oyida Bagam orollari vakili Tureano Jonsondan ustun kelgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar