18 iyu 15:18
Yangiliklar
Boks/MMA

De La Xoyya ringga qaytish rejalari haqida malumot berdi
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Oskar De La Xoyya ringga qaytish uchun olib borayotgan tayyorgarligi haqida gapirib o'tdi.
"Mushaklarim holatini nazorat qilib boradigan jamoa bor. Navbatdagi bosqich - to'liq mashg'ulot lageri. Yana 2-3 bosqichdan so'ng men jahon miqyosidagi bokschilar bilan sparring olib boraman.
Sentyabr oyiga yaqin 12 raundlik sparringlar o'tkazmoqchiman. Ringga esa 2021 yilda qaytishni rejalashtirganman. Agar buni qayta o'ylab ko'rmasam albatta.
Katta Floyd Meyvezer meni ertalab soat 5 da uyg'onishga majbur qila oladigan yagona inson. U meni majburlay oladigan va kerakli "tugmani" bosa oladigan, aql bilan mehnat qildiradigan murabbiydir. SHuning uchun men unga borib yordam so'rashim mumkin", - dedi Oskar.
Malumot uchun, 47 yoshli De La Xoyya 2008 yilda faoliyatini yakunlagandi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar