13 sen 17:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Debyut jangida g'alaba qozongan 40 yoshli Xaritonovning ishtahasi ochildi
Kuni kecha o'zining boksdagi debyut jangida Denni Uilyamsni nokautga uchratgan 40 yoshli Sergey Xaritonovga yangi raqib izlashni boshlashdi.
Denni o'z vaqtida afsonaviy Mayk Taysonni mag'lubiyatga uchratgani bilan katta shov-shuvga sababchi bo'lgandi. Sergey boksdagi o'zining ikkinchi jangida britaniyalik Devid Xeyga qarshi ringga ko'tarilishi mumkin. Bu malumotni uning promouteri Vladimir Xryunov ham tasdiqladi.
"Biz Xaritonovning yangi raqibi bilan muzokara boshladik. U Devid Xey", – dedi Xryunov.
Malumot uchun, Devid Xey 2018 yida faoliyatini yakunlagan edi. U so'nggi ikki jangida hamyurti Toni Bellyuga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Havola :
Fikrlar