01 okt 13:37
Yangiliklar

Dekabrda AIBAga yangi rahbar saylanadi, prezidentlik uchun hozircha ikki nomzod bor
Biroq koronavirus pandemiyasi sabab mazkur tadbir bekor qilindi. Xalqaro tashkilotning malum qilishicha, ushbu kongress dekabr oyida onlayn tarzda tashkil qilinadigan bo'ldi. AIBAning amaldagi rahbari Muhammad Mustahsan barcha milliy federaciyalarga bo'lajak kongressning formatini va u haqida mutaxassislarning fikrini so'rab maktub jo'natgan.
“Biz kongressni virtual tarzda o'tkazishga qaror qildik. Kongress va ovoz berish jarayonini LUMI platformasida tashkil qilamiz. Bu dasturdan Xalqaro Olimpiya qo'mitasi va boshqa ko'plab sport tashkilotlari keng foydalanmoqda”, – dedi Muhammad Mustahsan.
Hozirda tashkilot rahbarligiga Sulaymon Mikoilov (Ozarbayjon), Domingo Solano (Dominikan Respublikasi) nomzodlari ilgari surilmoqda. SHuningdek, yaqin kunlar ichida ular orasiga rossiyalik Umar Kremlev ham qo'shilishi mumkin.
Fikrlar