28 sen 11:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Della Maddalena: "Dog'istoncha kurashga qarshi "dori" hozircha ishlamayapti"
UFC’ning yarim o'rta vazn (77 kg gacha) chempioni, avstraliyalik Jek Della Maddalena Islam Maxachev bilan bo'ladigan jang haqida gapirdi.
"Islam kuchli va universal jangchi. Men undan masofada turishga harakat qilaman, shunda u o'zining kuchli jihatlaridan kamroq foydalanadi. Har doimgi jamoam bilan tayyorgarlik ko'ryapman, bu masalada hech narsa o'zgarmadi. Kreyg Jons? So'nggi ikki jangim oldidan u bilan hamkorlik qilgandim. U dog'istoncha kurashga qarshi “dori” borligini aytgandi, ammo hozircha u ishlamayapti. Lekin bu safar barchasi yaxshi chiqishiga ishonaman.
Islamdan keyingi raqiblar haqida o'ylayotganim yo'q. Menga har qanday chaqiriq yoqadi, ular meni turli uslublarni qo'llashga majbur qiladi. Oldin ham kuchli grepplerlarga qarshi jang qilganman, nima qilish kerakligini bilaman", — dedi Della Maddalena.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar